Marketing

    Telegram Ads – ko'pchilik payqamayotgan katta muammo!

    2025-01-27
    12 min
    Telegram Ads – ko'pchilik payqamayotgan katta muammo!

    So'nggi yillarda O'zbekistonda Telegram reklamalari juda tez o'sdi. Bugun ko'plab bizneslar yangilik kanallarida, raqobatchilarni kanalida, ommabop Telegram sahifalarida oyiga $1000lab reklama uchun sarflayapti.

    Tashqi tomondan qaraganda — hammasi ideal: auditoriya katta, faollik yuqori, reklama joylashtirish oson.

    Lekin bitta jiddiy muammo bor. Ko'pchilik targetolog va biznes egalari buni hali o'ylashmagan ham.

    ⚠️ Bu muammo: Sizni katta ehtimolli bo'lajak mijozingizga reklamangiz ko'rinmaydi (zo'rmi?)

    Telegram'da Premium tizimi bor, bilasiz. Premium foydalanuvchilarga: Telegram reklamalarini umuman ko'rmaydi.

    Endi mantiqan o'ylab ko'ring

    O'zbekistonda Telegram Premium kimlarda bor? Ko'pincha:

    • biznes egalari
    • tadbirkorlar
    • rahbarlar
    • yuqori daromadli foydalanuvchilar
    • qaror qabul qiluvchi shaxslar
    • xullas, reklama ko'rishni istamaydigan hamma

    Ya'ni: 👉 ko'p bizneslar aynan shu odamlarni mijoz deb hisoblaydi

    ⚠️ Natija nima bo'ladi?

    Biznes egasi deydi: "Mening mijozim yangilik kanallarini o'qiydi, reklama beraman."

    Lekin o'sha mijoz:

    • Telegram Premium ishlatadi
    • reklamani ko'rmaydi
    • sizning reklamangizdan mutlaqo bexabar qoladi

    Natija: Pul sarflanadi, lekin asosiy mijoz reklamangizni ko'rmaydi.

    Nega bu muammo juda katta?

    Telegram reklamalari asosan:

    • oddiy foydalanuvchilarga
    • yoshroq auditoriyaga
    • tasodifiy foydalanuvchilarga

    ko'rinadi.

    Lekin:

    • B2B xizmatlar
    • ta'lim markazlari
    • klinikalar
    • qurilish kompaniyalari
    • premium mahsulotlar

    uchun asosiy auditoriya: Premium ishlatadi, reklamasiz Telegram'dan foydalanadi.

    Shuning uchun: siz noto'g'ri auditoriyaga chiqyapsiz. "ko'rildi" degani "mijoz bo'ldi" degani emas. Reach bor, lekin natija yo'q.

    Ko'pchilik bizneslar tushib qolayotgan xato

    Ko'p odamlar shunday o'ylaydi: "Mijozim Telegram'da, demak Telegram reklama ishlaydi."

    Bu endi har doim ham to'g'ri emas. Ayniqsa:

    • biznes xizmatlari
    • qimmat mahsulotlar
    • qaror qabul qilinadigan sohalar

    uchun.

    Unda yechim nima?

    Endi eng muhim qismga keldik.

    💡 1-yechim: Reklama emas, kontent (ishonch reklamaning o'rnini bosadi)

    Premium foydalanuvchilar reklamani ko'rmaydi, lekin kontentni o'qiydi.

    Shuning uchun:

    • foydali maqolalar
    • ekspert fikrlar
    • real misollar (case)
    • tahliliy postlar

    reklamadan ko'ra kuchliroq ishlaydi.

    Agar biznes egasi "Telegram reklamalari nega ishlamayapti?" degan maqolani o'qib, ostida sizning brendingizni ko'rsa — siz allaqachon ishonch qozongansiz.

    💡 2-yechim: Native reklama (Telegram Ads emas)

    Telegram Premium: rasmiy Telegram reklamalarini bloklaydi, lekin kanal ichidagi postlarni bloklamaydi.

    Ya'ni:

    • homiylik postlari
    • admin yozgan reklama postlari

    hali ham ishlaydi.

    Lekin sharti bor: u foydali bo'lishi kerak, o'qishga arziydigan bo'lishi kerak.

    Yomon reklama — ishlamaydi. Yaxshi yozilgan reklama — kontentga o'xshaydi.

    💡 3-yechim: Online + Offline birgalikda

    Ko'pchilik unutayotgan narsa shu. Sizning mijozingiz Telegram'da bor, lekin:

    • do'konga boradi
    • navbatda turadi
    • supermarketga kiradi

    Offline reklama:

    • o'chirib bo'lmaydi
    • skip qilib bo'lmaydi
    • Premium bilan yopilmaydi

    Shu sababli: do'kon ichidagi ekranlar, TV Line reklamalari yanada kuchli bo'lib boryapti.

    Haqiqiy hayotda "reklamani o'chirish" tugmasi yo'q.

    💡 4-yechim: Faqat Telegram'ga bog'lanib qolmang

    Telegram — faqat bitta kanal.

    To'g'ri strategiya:

    • Telegram (kontent orqali)
    • Instagram / Reels
    • Google qidiruv (niyat bor joyda)
    • YouTube
    • Offline ko'rinish

    Bir joyda ko'rdi → boshqa joyda eshitdi → yana ko'rdi → ishonch hosil bo'ladi.

    💡 5-yechim: Mijozning real hayotini tushuning

    Savol shunday bo'lishi kerak:

    "Qayerga reklama beraman?" emas, "Mening mijozim qanday yashaydi?"

    • qayerda vaqt o'tkazadi
    • nimaga ishonadi
    • nimani e'tiborsiz qoldiradi
    • nimani majburan ko'radi

    Marketing platformadan emas, insondan boshlanadi.

    Xulosa

    Telegram reklamalari yomon emas. Ular shunchaki hamma uchun ishlamaydi.

    Agar strategiyangiz faqat:

    • Telegram Ads
    • ko'rishlar soni
    • CPM

    ga bog'liq bo'lsa — siz eskirgan usulda ishlayapsiz.

    2026-yilda yutadigan bizneslar:

    • reklama ko'rinmaydigan joylarni tushunadigan
    • o'chirib bo'lmaydigan joylarda ko'rinadigan
    • ishonch quradigan

    bizneslar bo'ladi.

    Bu — haqiqiy marketing.

    Bu muammo sizga tanishmi?

    Agar reklama strategiyangizda shunga o'xshash qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo'lsangiz, yechimlarimizni ko'ring:

    Bu maqola O'zbekiston bozoridagi real kuzatuvlar asosida yozilgan.

    Muallif: LinkOn Marketing Team | Joylashuv: Uzbekistan

    Sizning loyihangizni muhokama qilaylikmi?

    Bizning jamoamiz sizning biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyor

    Aloqa